Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlarda Andijon viloyatidagi 3 ta don korxonasi grafiklarni bajarmaslik va kunlik belgilangan hajmlarda mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yilmaslik holatlari aniqlandi.
— “QOʻRGʻONTEPA DON MAXSULOTLARI” AJ – 724,2 tn bug‘doy uni va omixta yem mahsuloti;
— “ASAKA DON MAHSULOTLARI” AJ – 1394,0 tn bug‘doy uni va omixta yem mahsuloti;
— “ANDIJONDONMAHSULOT” AJ – 509,2 tn bug‘doy uni mahsuloti.
Yuqoridagilarga muvofiq, hududiy boshqarmaning Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida don korxonalariga nisbatan qonun buzilish alomatlari bilan ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan moliyaviy jarima qo‘llash haqida qaror qabul qilindi.
Shuningdek, qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ko‘rsatmalar berildi.