Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Andijonda xotiniga 5 marta, 18 yoshli qiziga 18 marta pichoq urib o‘ldirgan erkak 21 yilga qamaldi

Andijonda xotiniga 5 marta, 18 yoshli qiziga 18 marta pichoq urib o‘ldirgan erkak 21 yilga qamaldi

Andijon viloyatining Asaka tumanida yashovchi 50 yoshli erkak 2019 yil 16 dekabr kuni xotiniga 5 marta, 18 yoshli qiziga 18 marta pichoq urib o‘ldirgani haqida avvalroq xabar berilgandi. Mazkur jinoyat yuzasidan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda MY5 telekanalining «Hudud» axborot dasturi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 1969 yilda tug‘ilgan Hayotullo Abdurahmonov 4 nafar farzandi bilan Asaka tumanidagi «Hujgon» MFYda yashagan. Oila boshlig‘i ichkilikka berilgani sababli oilasi oldidagi majburiyatlarini bajarmay qo‘ygan. Oiladagi muhit esa anchagina buzilgan edi.

2019 yil 15 dekabr kuni kechki payt erkak o‘z uyida spirtli ichimlik ichib, mast bo‘lib qolgan. Bu holat oila a’zolarining kayfiyatini buzgan va janjal kelib chiqqan. Erkakning rafiqasi ro‘zg‘ordagi kamchiliklarni, qizining bo‘yi yetib qolgani va eri uni turmushga berish haqida o‘ylamayotganini aytib, erkakni koyigan. Onasining yonini olgan qiz ham otasiga e’tiroz bildirgan.

Erkak bu kabi janjallardan bezigani sababli mastlikda oila a’zolaridan o‘ch olishni o‘ylagan. Oila boshlig‘i 16 dekabrga o‘tar kechasi turmush o‘rtog‘ining o‘ng ko‘krak qismiga uch marta, biqin qismiga ikki marta pichoq urib, uni o‘ldirgan. Shundan so‘ng u murdani to‘shak bilan bekitib, qo‘shni xonada uxlab yotgan qizini chaqirgan. Erkak qizini kiyimlarini topib berish bahonasi bilan chaqirib, uning butun badaniga 18 marta pichoq urgan. Bu zarbalarga dosh bera olmagan qiz voqea joyida halok bo‘lgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudida 2020 yil 27 may kuni Hayotullo Abdurahmonovning jinoyat ishi ko‘rib chiqildi va u aybdor deb topildi. Sud qaroriga binoan, unga nisbatan 21 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 10:28 03.06.2020. O'qildi: 5675 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!