Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Andijonda o‘zidan "Etakchi" yasab olganlar hamda ularga yaqin bo‘lgan shaxslar ushlandi

A A A
Andijonda o‘zidan "Etakchi" yasab olganlar hamda ularga yaqin bo‘lgan shaxslar ushlandi

Andijon viloyati hududida "Dolzarb 40 kunlik" maxsus profilaktik tadbirlari doirasida bir qator jinoyat olami vakillari, o‘zidan "Etakchi" yasab olganlar hamda ularga yaqin bo‘lgan shaxslar ushlanmoqda.

Xususan, joriy yilning 5 dekabr kuni o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Andijon shahrida yashovchi muqaddam Jinoyat kodeksining 104, 277-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun sudlangan, 1988 yilda tug‘ilgan Kiselov Andrey Xodjamqulovich, Andijon shahrida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro Shodiboyev Farrux Patidin o‘g‘li, Xo‘jaobod tumanida yashovchi 1973 yilda tug‘ilgan Ergashev Baxtiyor To‘xtasinovich hamda 1985 yilda tug‘ilgan Parpiyev Alisher Adxamovichlar viloyat hududida oilaviy zo‘ravonlik, mayda bezorilik, valyuta boyliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni sodir etganliklari aniqlanib, ularning har biriga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi.

Hozirda ularning sodir etilgan og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarga aloqadorliklari o‘rganilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Agar Sizlar ushbu shaxslardan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lsangiz, Andijon viloyati IIBning “102” raqami yoki 97-432-10-20 telefon raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaat qilgan fuqaro shaxsining sir saqlanishi kafolatlanadi.

Kiritildi: 19:56 06.12.2023. O'qildi: 1809 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!