Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Andijonda o‘g‘li yuborgan pulni bankdan ololmayotganini aytib to‘polon qilgan otaxon ruhiy xasta(mi)?

Andijonda o‘g‘li yuborgan pulni bankdan ololmayotganini aytib to‘polon qilgan otaxon ruhiy xasta(mi)?

Kecha Andijon viloyati Paxtaobod tumanida bir "otaxon" bolasi yuborgan pulni bankdan ololmayotganini aytib, dod-voy qilgani haqidagi video tarqalib ketdi.

Xalq banki ushbu holat joyiga borib o‘rgangan. Natijada videodagi “otaxon” 45 yoshli nogironligi bor fuqaro bo‘lib chiqqan. Shuningdek, bu fuqaro nomiga xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha xorijiy davlatlardan pul kelmagani ham ma’lum bo‘lgan.

"Bank binosiga o‘rnatilgan videokuzatuv kamerasining o‘sha vaqtdagi yozuvlari o‘rganilganda ushbu fuqaroning o‘zini boshqarishi va ruhiy holati o‘zgargani kuzatildi. Voqeaga guvoh bo‘lgan fuqarolar hamda hududdagi Ichki ishlar organlari xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan suhbat davomida fuqaro tez-tez shu kabi janjal va to‘polonlar qilib turishi aniqlandi", deyiladi rasmiy xabarda.

Shundan so‘ng, fuqaroning onasi iltimosiga ko‘ra, ruhiy holati yomonlashgani uchun nogiron odam Andijon viloyati ruhiy kasalliklar shifoxonasiga davolanish uchun yuborilgan.

Kiritildi: 17:47 07.09.2019. O'qildi: 2418 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!