Andijonda oshxonada ishlovchi Z.M. ijtimoiy tarmoqlarda ekstremistik videolarni ko‘rib, Suriyadagi “Tavhid va jihod katibasi” hamda “G‘urobo katibasi” guruhlari a’zolari bilan bog‘langan.
Ularning ta’sirida Suriyaga ketishni rejalashtirgan, ammo oilaviy muammolar tufayli bu maqsadi amalga oshmay qolgan.
Bu orada, u 2023 yilning avgustidan dekabrigacha tanishlari orqali 7150 dollar va 41 million so‘mni mobil ilovalar yordamida kriptovalyuta hisoblariga o‘tkazgan.
Shuningdek, bir ayolni Qirg‘iziston orqali Turkiyaga, u yerdan esa Suriyaga yuborishni tashkil qilgan.
Shularni hisobga olgan holda, sud unga 10 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.