Bugun 22 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Andijonda “Norin-Qoradaryo” irrigasiya tizimlari xavza boshqarmasi balansidan 10 sotix yer maydoni olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Andijonda “Norin-Qoradaryo” irrigasiya tizimlari xavza boshqarmasi balansidan 10 sotix yer maydoni olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrixon tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. fuqaro S.T.ning ishonchiga kirib, unga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish hamda qo‘shimcha ob’ekt qurish uchun Shahrixon tumani, “Norin-Qoradaryo” irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi balansidagi 10 sotix yer maydonini go‘yoki kadastr bo‘limida ishlovchi tanishlari orqali noturar joy sifatida kadastr hujjatlarini tayyorlab olib berishi evaziga 32 000 AQSh dollari berishi kerakligini aytib, shundan 18 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 17:16 19.09.2025. O'qildi: 518 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!