Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Andijonda Mirziyoyevning tanqididan so‘ng 5700 ishchi ishdan bo‘shatildi

Andijonda Mirziyoyevning tanqididan so‘ng 5700 ishchi ishdan bo‘shatildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatida faollar bilan yig‘ilishda iqtisodiy kompleks faoliyatini tanqid qildi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bermoqda.

«Men bugun ana shu ishlaringiz bilan yaqindan tanishish, sizlar bilan viloyatning bugungi va ertangi taraqqiyoti haqida fikrlashib, birgalikda ulkan rejalar tuzish uchun keldim», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ta’kidlanishicha, Andijon viloyatida iqtisodiy kompleksda ishlovchi 5700 nafar xodimning barchasi ishdan bo‘shatiladi.

«Ularga 3 oy sinov muddati beriladi, agar aravani torta olsa, ishga tiklanadi, oyligini ham beramiz, kerak bo‘lsa mukofot ham beramiz. Qani, ular ham muammolarni o‘zlarida his qilib ko‘rsin. Menga nasihat qiluvchilar kerak emas, natija ko‘rsatuvchi ijro organi kerak», — deya qo‘shimcha qiladi prezident.

Kiritildi: 12:03 18.06.2021. O'qildi: 5841 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!