Andijon viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Asaka tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, Asaka tumani, Yuksalish MFY hududidan o‘tgan D-105E Asaka—Humo avtomobil yo‘lining 2-kilometrida 44 yoshli A.O. o‘zining Matiz rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida, yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan ikki nafar bolani urib yuborgan.
YTH oqibatida tan jarohati olgan piyodalar Asaka tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Holat yuzasidan xozirda Asaka tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.