Ijtimoiy tarmoqlarda Labo haydovchisi yuklar ustini to‘sish uchun bayroqdan yopqich sifatida foydalangani aks etgan foto tarqalgan edi.
Holat yuzasidan Andijon viloyati hokimligi axborot xizmati izoh berdi.
“Hozirda Andijon viloyati IIB YHXB tomonidan ushbu avtomashina Shahrixon tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroga tegishli ekani aniqlandi. Holat bo‘yicha tegishli tartibda IIB hamkorligida harakatlar olib borilmoqda”, — deyiladi hokimlik axborotida.