Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Andijonda ikki yoshli qizaloq onasi bag‘riga qaytarildi

A A A
Andijonda ikki yoshli qizaloq onasi bag‘riga qaytarildi

Qizaloq endigina ikki yoshni qarshilagani, onaning g‘amxo‘rligi va tarbiyasiga muhtojligi sabab sud ushbu qizaloqni onasi tarbiyasiga olib berilishini belgiladi.

Jalaquduq tumanida yashovchi M.Z. oilaviy kelishmovchilik sababli turmush o‘rtog‘i SH.Z.ning uyidan chiqib ketishga majbur bo‘lgan. Biroq, qizalog‘ini olib ketolmagach, fuqarolik ishlari bo‘yicha Asaka tumanlararo sudiga murojaat qildi va bolaning ona parvarishiga muhtojligini inobatga olib, sud da’voni qanoatlantirdi.

Bolani onasiga olib berish ijro hujjati yuzasidan Byuroning Xo‘jaobod tuman bo‘limi xodimlari majburiy ijro harakatlari olib bordi va qizaloqni onasi tarbiyasiga topshirilishini ta’minladi.

Kiritildi: 17:52 28.11.2024. O'qildi: 1204 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!