Andijonda avtomashinani mast holatda boshqargan shaxs yo‘l transport hodisasini sodir etganligi oqibatida xizmat vazifasini o‘tab kelayotgan IIB Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi xodimi hamda boshqa haydovchi tan jarohatlari olishgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gumonlanuvchi shaxs prosessual tratibda ushlangan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.