Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Andijonda giyohvandlik moddalarini saqlash bilan bog‘liq bir nechta holat aniqlandi

Andijonda giyohvandlik moddalarini saqlash bilan bog‘liq bir nechta holat aniqlandi

«Qoradori 2022» keng qamrovli tezkor profilaktik tadbiri davomida Baliqchi tumani IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 1970 yilda tug‘ilgan, Baliqchi tumanida yashab kelayotgan erkak fuqaro A.Aning yashash xonadoni hamda yordamchi xo‘jaliklari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, yashash xonadonidagi pechka ichida va tovush katak shiferi orasida 23,4 gramm «Marixuana» giyohvandlik o‘simligini yetishtirib kelayotganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Baliqchi tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Ulug‘nor tumanida o‘tkazilayotgan «Qoradori-2022» tezkor profilaktik tadbiri davomida, Ulug‘nor tumani IIB JQB, hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan joriy yilning 20 avgust kuni soat 13:30larda Ulug‘nor tumanida yashovchi 1981 yilda tug‘ilgan erkak fuqaro U.Xning yashash xonadoni tomorqa qismi ko‘zdan kechirilganida, tomorqasining 1 kv metr maydonidan jami 1 tup marixuana giyohvandlik moddasi parvarish qilib kelayotganligi aniqlandi.

Aniqlangan holat yuzasidan Ulug‘nor tumani IIB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Xuddi shunday yana bir holatda esa joriy yilning 20 avgust kuni soat 14-00larda «Qoradori-2022» keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri davomida Shahrixon tumani IIB JQB hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari bilan o‘tkazilgan tadbirda Shahrixon tumanida yashovchi 1974 yilda tug‘ilgan erkak A.Aning yashash uyida quritilgan holda sariq matoga solingan 6.54 gramm ko‘knori o‘simligining boshog‘i va barglari parchalarini saqlab kelayotganligi aniqlandi hamda 2 nafar xolislar ishtirokida bayonnoma tuzilib, kelgusida tekshirib ko‘rishlik uchun Shahrixon tumani IIBga olindi.

Mazkur holat yuzasidan ham Shahrixon tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:17 25.08.2022. O'qildi: 1765 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!