Joriy yilning 17 avgust kuni «Telegramm» ijtimoiy tarmog‘i orqali fuqaroga uyatsiz mazmunidagi xabarlarni yozib, uni aldov yo‘li bilan Shahrixon tumani hududiga tungi vaqtda chaqirib, ushbu shaxsni kiyimsiz holatda videotasvirga olib, tovlamachilik sodir etgan guruh a’zolari qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Shahrixon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.