Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Andijonda “Eng yaxshi yosh kitobxon” g‘olibi aniqlandi

A A A
Andijonda “Eng yaxshi yosh kitobxon” g‘olibi aniqlandi

Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va uning shahar, tuman bo‘limlari hamda Yong‘in-qutqaruv otryadlarining yosh harbiy xizmatchi va xizmatchilari o‘rtasida “Eng yaxshi yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Mazkur tanlovda ishtirokchilar 3 ta bosqichda o‘z bilim salohiyatlarini namoyon etdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra Jalaquduq tumani FV bo‘limi qutqaruvchisi xizmatchi Obidjon Asqaraliyev g‘oliblikni qo‘lga kiritib, tanlovning Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan “Tashakkurnoma” va boshqarma boshlig‘ining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Kiritildi: 12:24 30.03.2024. O'qildi: 792 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!