Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Andijonda dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs ushlandi

Andijonda dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrixon tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida Baliqchi tumani, “Avesto” MFY hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.J.ning “Cobalt” rusumli avtomashinasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda avtomashina saloni va yuk xonasida fuqaro X.Z.ga tegishli sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan turli nomdagi umumiy bahosi 153,3 mln so‘mlik 4 300 dona dori vositalarini Namangan shahriga sotish uchun olib ketayotganligi aniqlanib, tezkor tadbir davomida uning uyidan yana 5 520 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:26 12.05.2025. O'qildi: 409 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!