Bugun 4 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Andijonda “Cherry tiggo 7 pro” yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilayotgan chuqurga tushib ketdi

Andijonda “Cherry tiggo 7 pro” yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilayotgan chuqurga tushib ketdi

2026 yil 4 may kuni soat 06:00larda, Andijon shahar O‘zbekiston ko‘chasida, haydovchi 1989 yilda tug‘ilgan S.K. o‘zining “Cherry tiggo 7 pro” rusumli transport vositasini boshqarib kelayotib, ushbu ko‘chada yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilayotganligini ko‘rmay qolib, kovlab qo‘yilgan chuqurga tushib ketib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Bu haqda Andijon viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Ushbu YTH oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q, transport vositasi tehnik shikastlangan.

Mazkur holat yuzasidan hozirda Andijon shahar IIOFMB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 11:15. O'qildi: 408 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!