Kredit ta’minotiga taqdim etilgan mulk kredit asosiy qarzi va foizlarining to‘liq qaytarilishiga garov hisoblanadi. Shu munosabat bilan, garov bahosi kredit summasidan ko‘proq bo‘lishi kerak. Kredit to‘lovlari muddatida qaytarilmagan taqdirda, kredit to‘lovlarini undirish garovga qo‘yilgan ta’minotga qaratiladi.
Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi ish yurituviga kelib tushgan sudning ijro hujjatiga ko‘ra, ATB “Agrobank” foydasiga 4 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan solidar tartibda 9 mlrd. so‘mdan ziyod kredit qarzdorligini undirish va undiruvni garovdagi mulklarga qaratilishi belgilangan.
Ijro harakatlari davomida garovdagi Xonobod shahrida joylashgan 40 mlrd. so‘mlik ishlab chiqarish bino-inshooti xatlab qo‘yildi.
Hozirda qarzdorlik qoplanmagani sabab ushbu bino “e-auksion” savdo platformasi orqali sotuvga qo‘yilgan.