Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Mamajonov Shohruxmirzo Olimjonovich Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

SH. Mamajonov 2006 yil Andijon davlat tibbiyot institutining bakalavr, 2009 yil magistratura bosqichini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Andijon viloyati qon quyish stansiyasida uslubchi-vrach sifatida boshlagan.

Turli yillarda Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi xususiylashtirish va pullik xizmatni tashkil qilish bo‘limi boshlig‘i, boshqarma boshlig‘ining tibbiy xizmatni tashkillashtirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Sog‘liqni saqlash vazirligi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi kabi lavozimlarda ishlagan.

Tayinlovga qadar SH. Mamajonov Sog‘liqni saqlash vazirligi Fan-ta’lim va innovasiyalar boshqarmasi Malaka oshirish va qayta tayyorlash bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Kiritildi: 13:02 08.07.2024. O'qildi: 1206 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!