Avval xabar berilgadek, Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligidagi ishchi delegasiya Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi davomida bir qator hamkorlik kelishuvlariga erishgan edi.
Bugun viloyat rahbari "Ipak yo‘li" erkin iqtisodiy zonasida "ZHONGHUI GAOKE HOLDING GROUP" korxonasi vakillari, investorlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tadbirkorlarning Xo‘jaobod tumanining 100 gektar maydonida amalga oshiriladigan loyihaga 2 yil muddatda 300 mln. dollar investisiya kiritish hamda Andijon tumani va shahrida ko‘p qavatli turar-joylar qurish masalalari yana bir bor muhokama qilindi.
Ushbu muzokaralar viloyat hokimining joriy yildagi Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifida erishilgan kelishuvlarning tom ma’noda navbatdagi bosqichi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.