Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Andijon viloyati hokimi qaysi vazirni “maraz”, “vazircha” deya haqoratladi (Audio)

Andijon viloyati hokimi qaysi vazirni “maraz”, “vazircha” deya haqoratladi (Audio)

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov boshchiligida o‘tgan yig‘ilishlardan birida sog‘liqni saqlash tizimi vakili sha’niga “haqoratli” so‘zlar aytildi.

“7news.uz” qo‘lga kiritgan audioyozuvda Hokim janoblari Shuhrat Abdurahmonov sog‘liqni saqlash tizimi vakillaridan birini (Tahririyat: “katta ehtimol bilan Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Avazbek Abdurahmonov”) “latta”, “iflos”, “it”, “tilingni uzaman sen marazlarni”, “hezalak” kabi o‘ta qo‘pol va haqoratomuz so‘zlar bilan tahqirlaganini tinglash mumkin.

Jumladan, ushbu audioyozuvda Shuhrat Abdurahmonov tilidan yangragan quyidagilar kishini “dovdiratib qo‘yadi”, -Anavi marazing, vazirchang iflos, kecha menga kevolib, paxta qo‘yib, Andijondan chiqqan, Genprokurorga xat kirgizipti, shprisni tender qilmasdan o‘tkizyapti, sen marazsan, sen …, otasiga rahmat, Genprokuror menga aytayapti, Shuhrat aka deydi, gaplashvoling mana vazir bilan deydi, xat qilyapti deydi.

Agar yuqoridagi gaplarni yaxshilab tinglaydigan bo‘lsak, Hokim sog‘liqni saqlash tizimini tanqid qilib turganda Vazirchang deya shu soha, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri, Tibbiyot fanlari doktori,professor, Shadmanov Alisher Kayumovichni nazarda tutdi degan fikrga kelasan, kishi.

Darhaqiqat Shuhrat Abdurahmonov Andijondan chiqqan marazing, vazirchang deb haqoratlagan Vazirning Toshkentda tug‘ilgani aytilsada, u Andijonda “karyera” qilgan.

Jumladan, Alisher Shadmanov 1985-1987yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti urologiya mutaxassisligi bo‘yicha klinik ordinatori, 1990-1993 yillarda Andijon davlat tibbiyot institutining Jarrohlik fakulteti kafedrasi urologiya kursi assistenti, Davolash fakulteti dekani o‘rinbosari, 1993-1996 yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi bosh shifokori, 1996-2000 yillarda Andijon shahar Sog‘liqni saqlash bo‘limi mudiri, 2000-2004 yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha prorektori, 2004-2009 yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti Pediatriya fakulteti dekani, 2009-2010 yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, 2010-2015 yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Alisher Shadmanov 2017 yilning fevral oyidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri hisoblanadi.

Audioyozuvda Shuhrat Abdurahmonovning bitta jumlasi o‘ta jarangdor bo‘ldi, u – “eshitib ol, bugun mening qo‘limda “vlast”, ikkovingni so‘yaman, sen ifloslarni hali”!. Bu fikrlardan keyin aslida “Vlast” meni qo‘limda degan hokim hudud jihatdan faqat Andijonnni nazarda tutdimikan yoki…

Bu borada hozircha na Andijon viloyati hokimligidan va na Sog‘liqni saqlash vazirligidan rasmiy javob olish imkoni bo‘lmadi. Voqealar rivojini kuzatamiz va ayni ushbu holat yuzasidan jurnalistik surishtiruvni boshladik.

Agarda o‘quvchilarimiz orasida ushbu yig‘ilishda qatnashganlar bo‘lsa, imkon qadar ma’lumot yuborishingiz, tahliliy material tayyorlanishida yordam berishingizni iltimos qilardik. Shaxsingiz sir saqlanishiga kafolat beramiz.

Kiritildi: 09:57 28.06.2019. O'qildi: 6580 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!