Bugun 16 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Andijon va Toshkent viloyatlarida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Andijon va Toshkent viloyatlarida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahri bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan S.T. va boshqalar fuqaro M.X.ga 14 dona “Regapen” va 8 dona “Tropikamid” nomli dori vositalarini 2,9 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ulardan yana 27 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Oqqo‘rg‘on tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.I. fuqaro M.Z.ga “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini o‘tkazish maqsadida olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 15:14. O'qildi: 316 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!