Fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining 02.11.2023 yildagi qarzdor E.D.dan undiruvchi E.M. foydasiga ikki nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.
Ijroni ta’minlash maqsadida qarzdor E.D.ning “COBALT” rusumli avtomashinasi taqiqqa olingan.
Shu tufayli, avtomashinasiga qo‘yilgan taqiqni yechish istagida yurgan qarzdor ota farzandi ta’minoti uchun aliment pullarini oldindan to‘lab berishini bildirgan.
Ijro harakatlari davomida, taraflar o‘rtasida kelishuvga erishilib, qarzdor E.D. undiruvchi. E.M. foydasiga 5 000 AQSh dollari miqdorida aliment pulini oldindan to‘lab berdi hamda qarzdorga tegishli avtomashinaga qo‘yilgan taqiq bekor qilindi.