Bugun 2 iyul, 2024 yil, seshanba

КИР

Andijon shahrida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Andijon shahrida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan X.A. fuqaro A.D.ga 3 000 AQSh dollarini 37,9 mln so‘mga sotishga kelishib, shundan 2 300 AQSh dollarini bergan vaqtida ushlanib, uning yonidan jami 2 405 AQSh dollari, 2 200 Rossiya rubli va 12,4 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Urgut tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan S.G‘ va G‘.S. fuqaro O.A.ga jami 2 800 AQSh dollarini 35,5 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 12:38 27.06.2024. O'qildi: 501 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!