Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Andijon shahrida o‘zboshimchalik bilan elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan "tadbirkor" fosh etildi

A A A
Andijon shahrida o‘zboshimchalik bilan elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan "tadbirkor" fosh etildi

«O‘zenergoinspeksiya» Andijon viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida Andijon shahrida joylashgan yakka tartibdagi tadbirkor A.K. o‘zining maishiy xizmat ko‘rsatish maskanini o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasiga 472,5 million so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovgacha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:14 12.08.2025. O'qildi: 859 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!