Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Andijon shahrida suyultirilgan gazni talon-toroj qilish holati fosh etildi

Andijon shahrida suyultirilgan gazni talon-toroj qilish holati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Andijonshahargaz” gaz ta’minoti suyultirilgan gaz bo‘limi mas’ul shaxslari 4 ta MFY hududida yashovchi aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berilganligi haqidagi soxta ma’lumotlarni elektron dasturga kiritib, 550 mln so‘mlik suyultirilgan gazni talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 11:15. O'qildi: 267 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!