Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Andijon shahrida gaz tarmog‘idan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

A A A
Andijon shahrida gaz tarmog‘idan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, fuqarolar SH.B. va N.A.lar o‘zlarining yashash xonadonlarida tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulangan holda qo‘l bola usulda tayyorlangan gorelkalar yordamida ohak ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelib, hududiy gaz ta’minoti korxonasi manfaatlariga jami 110 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:37 07.10.2021. O'qildi: 1324 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!