Bugun 5 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Andijon, Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi

Andijon, Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.T.” MCHJ mas’ul shaxslari “Qumko‘cha” MFY hududidagi sexida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 361,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning O‘zbekiston tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.A.” fermer xo‘jaligi rahbari D.M. tijorat maqsadida suv nasosini elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, 150,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Toyloq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Z.V.” fermer xo‘jaligi rahbari M.M. suv nasoslarini tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 103,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 15:30 03.07.2025. O'qildi: 448 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!