«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti La Liga 18-turidan o‘rin olgan «Sevilya»ga (4:2) qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Ko‘p imkoniyatlarga ega yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Yilning ajoyib yakuni. Biz aynan shu narsani xohlagandik — 2025 yilga qadar chempionlik kurashida bo‘lish va yaxshi dam olish.
Hujumdagi o‘yinchilar yaxshi ishlashdi. Bugun Vinisiusdek muhim o‘yinchi yetishmadi, ammo ular juda ajoyib harakat qilishdi. Himoyadan yaxshi chiqdik va ko‘p imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Mbappe «Selta» darvozasiga kiritgan to‘piga o‘xshash ajoyib gol urdi.
Xesus Navasga olqishlar? U o‘z faoliyati, muvaffaqiyatlari va birinchi navbatda, ishga munosabati bilan bunga loyiqdir. U futbol uchun namuna edi, hamma shunday ruhan kuchli va xarakterli futbolchilarga ega bo‘lishini istaydi. Bularning barchasini Navas ifodalaydi», — deya italiyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Marca.