Bugun 9 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Anchelotti: «Vinisius eng yaxshi formasida bo‘lmasa, uning o‘rniga boshqa futbolchini chaqiraman»

Anchelotti: «Vinisius eng yaxshi formasida bo‘lmasa, uning o‘rniga boshqa futbolchini chaqiraman»

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Real" hujumchisi Vinisius Junior haqida fikr bildirdi.

"Vinisius yaxshi jismoniy formada bo‘lishi kerak. Bizda ko‘plab o‘ziga xos o‘yinchilar bor va men ulardan a’lo darajadagilarini tanlab olishim kerak. Agar Vinisius ajoyib formada bo‘lmasa, boshqa futbolchini chaqiraman, chunki jamoada raqobat yuqori, ayniqsa, hujumda," - deya Anchelottining so‘zlarini keltiradi Madrid Universal.

Braziliya terma jamoasi safida 25 yoshli Vinisius 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi va 7 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 13:55 02.12.2025. O'qildi: 549 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!