Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ana xolos! Yaponiyada ishsizlarga oyiga 1830 AQSh dollari to‘lanadi. Nima uchun?

Ana xolos! Yaponiyada ishsizlarga oyiga 1830 AQSh dollari to‘lanadi. Nima uchun?

Yaponiyaning Plasma Inc. Kompaniyasi o‘ziga xos ijtimoiy eksperimentga qo‘l urdi. Unga ko‘ra, mamlakatdagi ishsizlarga oyiga 1830 AQSh dollari to‘lanadi. Faqat bir shart bilan. Ya’ni pulni oladiganlar o‘z uylarini tunu kun videotasvirga tushirishlariga rozilik berishlari kerak bo‘ladi. Shunday qilib, kompaniya robotlashtirish natijasida ishidan ayrilganlarni qo‘llab-quvvatlamoqchi, deb yozadi Inc.

Turli prognozlarga ko‘ra, avtomatlashtirish va raqamlashuv odamlarni ko‘plab ish o‘rinlaridan ayirmoqda. Ishsiz qolganlar esa yashashi kerak. Ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ayrim tadqiqotchilar kafolatlangan bazaviy daromadni taklif etishyapti. Yaponiya esa bu borada yanada ilgari ketib, ishsizlar o‘z shaxsiy hayotini sotish evaziga pul ishlashga tayyormi yoki yo‘qligini aniqlashga kirishdi.

Ushbu g‘oyani tekshirib ko‘rish maqsadida Plasma Inc. doimiy daromadga ega bo‘lmagan insonlarga uylarida har kuni 24 soat videoga tushirish ishlarini olib borish evaziga oyiga 1830 dollar taklif etyapti. Bu Yaponiyada ishsizlarga beriladigan maoshdan ikki barobar ko‘pdir. Kameralar vanna va hojatxonadan tashqari barcha joylarga o‘rnatiladi.

Loyiha rahbarlari yozuvlar internetda shaxsni aniqlash tizimida himoyalanganini tasdiqlashmoqda. Qolaversa, mazkur videotasvirlar hozircha omma e’tiboriga havola etilmaydi. Hozircha Plasma Inc. bunday materiallarni qanday qilib sotish mumkinligi ustida bosh qotiryapti.

Kiritildi: 18:51 02.12.2019. O'qildi: 2764 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!