Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Ana xolos! Tishni tez-tez yuvish salomatlik uchun xavflimi?

Ana xolos! Tishni tez-tez yuvish salomatlik uchun xavflimi?

Tish shifokori Luiza Avtandilyan AiFga bergan intervyusida kariyes haqidagi bir qator afsonalarni yo‘qqa chiqardi.

Xususan, uning so‘zlariga ko‘ra, tishni tez-tez yuvib turish tish kasalliklarining oldini oladi, deb aytish xato. "Bu juda katta xato. Tishingizni kuniga ikki yoki uch marta yuvsangiz, tish milklariga zarar yetkazish xavfi oshadi va bu kariyesga zamin yaratadi", — dedi Avtandilyan.

Shuningdek, saqich tish kasalligidan himoya qiladi, deyish ham noto‘g‘ri. Tish shifokorining ta’kidlashicha, saqichda ko‘pincha shakar mavjud bo‘lib, u avtomatik ravishda og‘iz bo‘shlig‘i gigiyena vositalari ro‘yxatidan chiqarib tashlanadi. "Ikkinchidan, uzoq chaynash tupuk bezlari bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin va bu nafaqat kariyes, balki oshqozon-ichak trakti kasalliklarining ham rivojlanishiga olib keladi", — deb ogohlantiradi u.

Shuningdek, tish parchalanishi faqat shirinni sevadiganlarda sodir bo‘ladi, degan mish-mish yolg‘ondir.
"Tish kasalliklarini keltirib chiqaradigan hech qanday oziq-ovqat mavjud emas, bunga noto‘g‘ri tish parvarishi sabab bo‘ladi. Siz nima yedingiz, muzqaymoq yoki salat, muhim emas. Og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasini qat’iyan kuzatib borishingiz, irrigator va tish iplarini ishlatishingiz kerak, ayniqsa, yotishdan oldin", — dedi shifokor.

Shuningdek, Avtandilyan kariyesning belgisi tishlardagi qora dog‘ degan tushunchani ham rad etdi.

"Masalan, dastlabki bosqichda kasallik og‘riq va noqulaylik tug‘dirmaydi va o‘zini oq dog‘lar shaklida namoyon qiladi. Oqlik tish sog‘lig‘ining ko‘rsatkichi emas", — deya tushuntirdi tish shifokori.

Kiritildi: 15:36 31.07.2020. O'qildi: 4519 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!