Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ana xolos! Shifokor bemordan 300 ming dollar qarz oldi va uni aqli zaif deb e’lon qildi

A A A
Ana xolos! Shifokor bemordan 300 ming dollar qarz oldi va uni aqli zaif deb e’lon qildi

AQShning Tennessi shtatida shifokor keksa bemordan qarz olgani, so‘ng qarzni qaytarmaslik uchun uni aqldan ozgan, deb e’lon qilganlikda ayblandi. Bu haqda "Kun" nashri xabar bermoqda.

Tennessida tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qiluvchi intizomiy organ 79 yoshli Suellen Liga nisbatan qo‘yilgan ayblovlarni ko‘rib chiqdi. Ularga ko‘ra, u 25 yil davomida uning qo‘lida davolangan eski tanishi va hamkasbidan 300 ming dollar qarz olgan. Ayol pulni qaytarishni so‘raganida, Li unda demensiyani aniqladi. Keyinchalik ruhshunos bemorda demensiya belgilarini topmadi. Shundan so‘ng, shifokorni qarzni to‘lashdan qochish uchun bunday tashxis qo‘yganlikda gumon qilishdi.

Li lisenziyasini tibbiy faoliyatga berishga va ikki ming dollar miqdorida jarima to‘lashga rozi bo‘ldi. Shunga qaramay, u aybini inkor etishda davom etmoqda va qasos olmoqchi bo‘lgan bemor atayin unga zarar yetkazmoqchi ekanini da’vo qilyapti. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, ayblovlarning ko‘plab tafsilotlari noto‘g‘ri: xususan, u bu pullarni yaqinda emas, balki taxminan 20 yil oldin qarz ko‘rinishida olgan va ko‘p yillar davomida uni qismlab to‘lab borgan. Tashxisga kelinadigan bo‘lsa, u ikki yil oldin qo‘yilgan hamda o‘shanda bunga, Lining fikriga ko‘ra, haqiqatdan ham asos bo‘lgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u lisenziyani topshirish va advokatlarning tavsiyasiga ko‘ra jarimani to‘lashga qaror qildi. «Bularning bari yolg‘on edi, ammo menga qarshilik ko‘rsatish juda qimmatga tushishi mumkin ekanini aytishdi, - deya tushuntirgan Li. - Yakunda bu hech qanday foyda keltirmaydi. Qarorda o‘zgarish bo‘lishiga hech qanday imkoniyat yo‘q».

 

Kiritildi: 13:13 25.10.2018. O'qildi: 1596 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!