Yaqinda ommaviy axborot vositalarida haqiqiy shov-shuvga aylangan ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Ularga ko‘ra, shahzoda Garri va Megan Marklning o‘z farzandlariga nisbatan to‘liq huquqi yo‘q ekan.
Britaniya qonuniga ko‘ra, Shahzoda Garri va uning rafiqasi Megan Markl farzandi Archi Xarrisonni to‘liq nazorat qila olmaydilar. Voyaga yetgunga qadar esa go‘dak Yelizaveta II tomonidan butunlay nazorat qilinadi.
Qirolicha go‘dakka taalluqli bo‘lgan barcha qarorlarni qabul qiladi. Bunga qo‘shimcha ravishda, merosxo‘r faqat buvisigagina ma’qul bo‘lgan sevimli mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishi kerak bo‘larkan.
Xuddi shu holat Keyt Middlton va Shahzoda Uilyamning oilasida ham kuzatilgan.
Eslatib o‘tamiz, Megan Markl 6 may kuni shahzoda Garriga merosxo‘r tug‘ib bergan edi.