Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ana xolos! It jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi (video)

Ana xolos! It jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi (video)

Argentina chempionatida uchinchi divizionida kutilmagan holat sodir bo‘ldi.

"Xuventud Unida Gualeguaych" va "Defensores de Belgrano de Vilya Ramalyo" jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda it jamoasini goldan qutqarib qoldi.

Darvozabon to‘pni zudlik bilan o‘yinga kiritishga chog‘lanadi. Ammo raqib futbolchisini uning yo‘lida paydo bo‘ladi. Darvozabon tepgan to‘p esa raqib futbolchisiga tegib, darvozaga qarab keta boshlaydi. Aslida, bu muqarrar gol edi, ammo qayerdandir paydo bo‘lgan it darvozabonning joniga ora kirdi. Hakam esa o‘z navbatida o‘yin qoidasi buzilganini qayd etib, jarima zarbasini belgiladi. Ammo baribir itning "qahramonligi" ko‘pchilikning yodida qoladigan bo‘ldi.

 

Kiritildi: 11:56 05.12.2018. O'qildi: 4117 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!