Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Ana xolos! Imom tasodifan erkak kishiga uylandi, keyin...

Ana xolos! Imom tasodifan erkak kishiga uylandi, keyin...

Ugandalik Imom Muhammad Mutumba Shabulla Nabukira ismli qizga uylandi. To‘ydan ikki hafta o‘tgach, “kelin”ning Richard Tumushaba ismli erkak, buning ustiga, firibgar ekanligi ma’lum bo‘ldi, deya xabar beradi “New Vision” portali.

Qayd etilishicha, Mutumba o‘tgan yilning oxirida masjidda ayollar kiyimini kiygan bir yigitni uchratib qoladi. Dekabr oxirida ular musulmon odatiga ko‘ra to‘y qilishadi. Undan oldin imom qishloqdagi “kelin”ning xolasining uyiga borib, qalin sifatida ikki qop shakar, ikkita echki, kiyim va Qur’on nusxasini beradi.

Nikohdan so‘ng ikki hafta davomida Nabukira imom bilan yaqin munosabatlarga kirishishdan bosh tortadi. Firibgar o‘z jinsini hijob, kosmetika va ayol ovoziga taqlid qilib yashiradi.

Yolg‘on “imomning rafiqasi” o‘g‘irlikda gumon qilinganidan keyin fosh bo‘ladi: Tumushaba tunda qo‘shni xonadonga o‘g‘irlikka tushib, kiyim-kechak, televizor va 300 ming Uganda shillilleri (81 dollar)ni o‘maradi.

Jinoyatchini kameraga joylashtirgandan so‘ng polisiya undan tovlamachilikning barcha tafsilotlarini bilib oladi. "Kelin" uchun qalin puli olgan yolg‘onchining "xolasi" ham hibsga olingan. U Tumushaba bilan taxminan bir yil oldin tanishganini ma’lum qilgan.

Kiritildi: 21:47 16.01.2020. O'qildi: 6727 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!