Barselona rahbariyati Nike kompaniyasi tomonidan yaratilgan yangi formani rad etdi. Bu haqda Mundo Deportivo yozmoqda. Nike Kataloniya klubning 2020/2021 yillardagi mavsumida mehmonda o‘ynashi uchun maxsus libos tayyorlagandi.
Manbaning yozishicha, Barselona prezidenti Xosep Bartomeu bu libos Real ning uy formasiga o‘xshab qolgani tufayli undan foydalanishni istamagan. Qolaversa, ushbu libos futbolchilarga ham yoqmagan.