Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Ana xolos! 20 mingdan ortiq qizlar milliarderning sevgilisi bo‘lish uchun ariza topshirishdi

Ana xolos! 20 mingdan ortiq qizlar milliarderning sevgilisi bo‘lish uchun ariza topshirishdi

20 mingdan ortiq qizlar qiyin tanlovdan o‘tish va yaponiyalik milliarder Yusaku Mayedzavaning sevgilisi bo‘lish uchun ariza yuborishdi. G‘olib ishbilarmon bilan Oy atrofida parvozga chiqadi. “AsiaOne” xabariga ko‘ra, ishtirokchilar o‘ziga xos imtihonlardan o‘tishadi.

Qatnashuvchilar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni teleko‘rsatuvni namoyish etadigan “AbemaTV” taqdim etdi. Mayezavaning so‘zlariga ko‘ra, u Oyga sayohat qilish uchun o‘ziga munosib juftni topmoqchi bo‘lgan.

Loyihaning potensial ishtirokchilari tomonidan to‘ldirilishi so‘ralgan anketalarda bosh qahramonning xohishlariga muvofiqligini tekshirish uchun bir qator savollar mavjud. Har bir javob milliarderning yuzidagi quvonch yoki qayg‘u ifodasi bo‘lgan rasm bilan baholanadi.

Kastingning boshlanishi yanvar boshida ma’lum bo‘ldi. Unda 20 yoshdan oshgan qizlar ishtirok etishlari mumkin. Milliarderning o‘zi qizlar bilan bir necha bor uchrashishi rejalashtirilgan. U 2020 yil mart oyida u o‘ziga hamroh tanlaydi.

Mayedzava, 44 yosh, «Zozo» onlayn kiyim-kechak do‘konining asoschisi va dizayneri. «Forbes» uning boyligini ikki milliard dollarga baholamoqda. U Oy orbitasiga chiqqan birinchi kosmik sayyoh bo‘ladi. Parvoz amerikalik biznesmen Ilon Maskning «SpaceX» kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan. 2019 yil sentyabr oyida yaponiyalik milliarder o‘z kompaniyasining nazorat paketini sotib yubordi va bosh direktor lavozimidan ketdi.

Kiritildi: 10:05 17.01.2020. O'qildi: 5154 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!