"An-Nasr" klubi va Saudiya Arabistoni yoshlar terma jamoasi futbolchisi Meshari al-Nemer portugaliyalik yulduz hujumchi Krishtianu Ronalduning mamlakat futboliga ta’siri haqida gapirdi.
"Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatiga kelgan birinchi jahon darajasidagi yulduz edi. U bizga o‘tgach, Saudiya Arabistoniga boshqa top-futbolchilar ham kela boshladi", - deya futbolchining so‘zlarini keltiradi "Chempionat."
Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik hujumchi 2023 yil boshida "An-Nasr" safiga qo‘shilgandi. Krishtianu va klub o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.