Amsterdam polisiyasi va COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq navbatdagi karantinga qarshi namoyishchilar o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar yuz berdi. Tvitter foydalanuvchilari Guerilla Reporters tomonidan joylangan voqea joyidan olingan videoga izohlarda huquq-tartibot idoralari xodimlari aslida namoyishchilarni kaltaklayotganidan g‘azabda.
Polisiya qalqon va dubinkalardan foydalangan, bundan tashqari, norozilik namoyishida xizmat itlari ham bor.
Shu bilan birga, NL Times nashrining qayd etishicha, namoyishlar shiddatli to‘qnashuvlarga aylangani sababli polisiya kuch ishlatishga majbur bo‘lgan.
Jami mitingda 3,5 mingdan ortiq kishi qatnashmoqda. Polisiya namoyishlarda yana bir necha ming kishi ishtirok etishini kutmoqda.