Niderlandiya qirolligida rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga bir ayol va bir erkak yaqinlashmoqchi bo‘ldi. Qo‘riqchilar ularni yerga yiqitib, olib ketdi.
Ular Fransiyadagi norozilik namoyishlari shioriga aylangan «Makron buni xohlamasa ham, biz shu yerdamiz» iborasini aytib, baqirgan. Voqeaga jiddiy e’tibor bermagan Makron mezbon davlat vakillari bilan muloqotni davom ettirgan.