Niderlandiya polisiyasi firibgarlik sxemasini ishlab chiqqan 34 yoshli erkakni hibsga oldi.
U ijaraga kvartira izlayotgan odamlardan pasport nusxalarini olib, sun’iy intellekt yordamida o‘z yuziga jabrlanuvchining ko‘z, burun va og‘iz qismlarini “qo‘shib”, bankning selfi-biometriya tekshiruvini aldab o‘tgan.
Gumonlanuvchi hozir hibsda, jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va tergov davom etmoqda.