Bugun 29 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Amerilalik kongressmen Ukrainani qurollantirish uchun Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini musodara qilishga chaqirdi

Amerilalik kongressmen Ukrainani qurollantirish uchun Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini musodara qilishga chaqirdi

AQSh Kongressining Vakillar palatasi a’zosi, respublikachi Don Bekon Rossiyaning so‘nggi kunlardagi keng ko‘lamli hujumlaridan so‘ng Moskva bilan tinchlik muzokaralari olib borish g‘oyasini rad etdi va qat’iy choralar ko‘rishga chaqirdi.

"Haqiqatni tan olish vaqti keldi. Tinchlik muzokaralari Putinga hech qanday ta’sir qilmayapti. Kreml o‘z tajovuzkor harakatlarini davom ettirmoqda va Ukrainani bo‘ysundirish rejasidan voz kechmaydi. Putinning maqsadi Ukrainani egallab olish, u faqat bu urushda yutib bo‘lmasligini tushunganidagina to‘xtaydi. AQSh va ittifoqchilar Ukrainani to‘liq qurollantirishi, Rossiyaga maksimal darajada qattiq sanksiyalar joriy qilishi va xorijiy davlatlarda muzlatilgan 300 milliard dollarlik Rossiya aktivlarini musodara qilishi kerak", deb yozdi kongressmen X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Kiritildi: 15:53 26.05.2025. O'qildi: 554 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!