Bugun 1 fevral, 2025 yil, shanba

КИР

Osiyo bozorlarining qulashi kuzatildi

Osiyo bozorlarining qulashi kuzatildi

Bugun, 28 yanvar kuni ertalab Osiyo texnologiya kompaniyalarining aksiyalari va yetakchi indekslar pasayishni davom ettirdi. Bu pasayish kecha Xitoyning DeepSeek kompaniyasi tomonidan sun’iy intellektning yangi modeli ishga tushirilgani haqidagi xabarlar fonida boshlangan edi, deb xabar bermoqda Financial Times.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, eng avvalo yapon kompaniyalari zarar ko‘rgan. Ko‘p sonli texnologiya kompaniyalarini o‘z ichiga olgan Tokiodagi Nikkei indeksi savdolar boshlanishida 1,7 foizga tushdi. SoftBank aksiyalari 5,2 foizdan ko‘proqqa pasaydi. Ikki kun ichida kompaniya aksiyalari 12 foizga quladi.

Tokioda mikroprosessorlar ishlab chiqaruvchilari va sun’iy intellekt uchun ma’lumot markazlarini yaratuvchi "Disco," "Advantest" va "Furukawa Electric" kompaniyalarining aksiyalari ham tushib ketdi. DeepSeek chat-boti haqidagi kechagi yangiliklardan so‘ng "Disco" aksiyalari 3,2 foiz, "Furukawa" esa 8 foiz yo‘qotdi. "Advantest" aksiyalari Tokiodagi savdolar boshlanishida 10 foizga quladi.

Shu bilan birga, Gonkongda Xitoy texnologiya kompaniyalarining aksiyalari o‘sib bormoqda. Bundan faqat SMIC chip ishlab chiqaruvchisi mustasno bo‘lib, uning aksiyalari 0,4 foiz pasayish bilan yopildi.

Oy taqvimi bo‘yicha Yangi yil bayrami munosabati bilan Janubiy Koreya va Tayvan bozorlari yopilgan.

Kiritildi: 20:48 28.01.2025. O'qildi: 3290 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!