AQShda o‘tkazilgan yangi so‘rov natijalariga ko‘ra, amerikaliklarning qariyb 60 foizi prezident Donald Trampning Eronga nisbatan siyosatini ma’qullamaydi. Ular orasida respublikachilarning taxminan chorak qismi ham bor. Bu haqda «Reyter» va «Ipsos» hamkorligida o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga tayanib, «Tasnim» axborot agentligi xabar berdi.
So‘rov AQSh va Eron o‘rtasida qariyb olti oydan beri davom etayotgan harbiy mojaro fonida o‘tkazildi. Noyabr oyidagi oraliq saylovlar yaqinlashar ekan, mojaroning Tramp ma’muriyati va Respublika partiyasi nufuziga ta’siri ham kuchaymoqda.
Tramp chorshanba kuni AQSh oraliq saylovlar yakunlanguniga qadar Eronga hujum qilmasligini ma’lum qildi. Shuningdek, u Tehron bilan «konstruktiv» muzokaralar olib borilayotganini bildirdi.
Biroq boshqa so‘rovlar ham amerikaliklarning aksariyati prezidentning mojaroni hal etish usulidan norozi ekanini ko‘rsatmoqda. Xususan, Pyu tadqiqot markazi ma’lumotlariga ko‘ra, respondentlarning qariyb 65 foizi Trampning mojaroni boshqarishini ma’qullamaydi.
Shuningdek, ko‘pchilik amerikaliklar Eron bilan urush yana bir necha oy yoki hatto bir yildan ortiq davom etishi mumkin, deb hisoblaydi.
Mutaxassislar fikricha, harbiy mojaroning davom etishi, yoqilg‘i narxlari va yashash xarajatlarining oshishi noyabr oyidagi saylovlarda Respublika partiyasi uchun jiddiy muammolardan biriga aylanishi mumkin.