«Netanyaxuni harbiy jinoyatlar uchun hibsga oling!» – shunday bannerlar 4 fevral kuni AQSh poytaxti Vashingtondagi Kapitoliy yaqinidagi ko‘prikda paydo bo‘ldi.
Faollar Isroil bosh vazirining AQShga tashrifiga qarshi namoyish uyushtirdi.
O‘sha kuni Netanyaxu Oq uyda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi.
Bu – Trampning prezidentlikka kirishganidan keyin chet el yetakchisi bilan ilk rasmiy uchrashuvi.
🔹 Netanyaxuning tashrifi Isroil va HAMAS o‘rtasidagi sulh fonida o‘tmoqda.
🔹 7-oktabr 2023 yildan beri G‘azo sektorida 47 500 dan ortiq falastinlik halok bo‘lgan.
🔹 Netanyaxuning AQShda bo‘lishi davomida keng ko‘lamli norozilik namoyishlari kutilmoqda.