Yaqin kunlarda Buyuk Britaniyaga AQShning navbatdagi to‘rtinchi B-52H Stratofortress strategik bombardimonchi samolyoti yetib kelishi kutilmoqda.
Bu Britaniyaning Fairford Movements sayti ma’lumotlariga asoslangan.
Ayni paytda Angliyaning Ferford aviabazasida uchta B-52H joylashgan. Ularni Shimoliy Dakota shtatidagi Maynot aviabazasidan ko‘chirish seshanba kuni boshlangan.
AQSh Harbiy-havo kuchlarining Yevropadagi qo‘mondonligi ma’lum qilishicha, bombardimonchilar Yevropada ittifoqchi davlatlarning Harbiy-havo kuchlari bilan birgalikda "hamjihatlikni mustahkamlash va umumiy imkoniyatlarni takomillashtirish" maqsadida bir qator mashg‘ulot va o‘quv parvozlarida ishtirok etish uchun joylashtirilmoqda.
Transatlantik parvozdan so‘ng AQSh harbiy-havo kuchlarining dastlabki bombardimonchilari Yevropa osmonida Fransiya, Shvesiya va Finlyandiya qiruvchi samolyotlari bilan birgalikda birinchi rejali vazifani bajarib bo‘lishdi.