Amerikalik aktyor Kevin Speysi yurak xuruji gumoni bilan O‘zbekiston poytaxtida shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Britaniyaning The Sun tabloidi yozdi.
«Kevin Speysi kinofestivalda qo‘li ishlamay qolgani tufayli yurak xurujidan gumonlanib, shifoxonaga yotqizildi», deb yozdi gazeta.
Qayd qilinishicha, Speysining «chap qo‘li bir necha soniya davomida butunlay qotib qolgan». Toshkentda aktyorni MRT tekshiruvidan o‘tkazishgan, biroq, gumonlar tasdig‘ini topmagan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayevning Kun.uz'ga ma’lum qilishicha Samarqanddagi tibbiyot muassasasasiga olib kelingan.
Tekshiruvlarda uning sog‘ligidi jiddiy muammo aniqlanmagan.
Ko‘p o‘tmay aktyor XV Toshkent xalqaro kinofestivalining Samarqanddagi yopilish marosimida so‘zga chiqqan.
"Samarqanddagi Go‘ri Amir maqbarasida betakror naqshlarni tomosha qilayotgan vaqtimda chap qo‘lim uvishib qoldi va meni tarixiy shahardagi zamonaviy tibbiyot muassasasiga olib borishdi. Menga tezkor yordam ko‘rsatishdi va yaxshiki, jiddiy hech narsa sodir bo‘lmapti", — degan Speysi.
Aktyor 29 sentyabrdan 3 oktyabrgacha bo‘lib o‘tgan XV Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etgan.