AQShning Tayvandagi de-fakto elchisi Reymond Grin Pekinni orolga nisbatan harbiy bosimni to‘xtatishga va saylangan yetakchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar boshlashga chaqirdi. Uning fikricha, Xitoy barcha siyosiy kuchlar bilan aloqalarni saqlab qolishi munosabatlar barqarorligi uchun muhim.
"Agar Tayvan yetarlicha mudofaa salohiyatiga ega bo‘lsa, urush ehtimolini kun tartibidan chiqarib tashlaydi va teng huquqli muloqotga erishadi", — dedi diplomat.
AQSh ikki mamlakat o‘rtasida rasmiy diplomatik aloqalar yo‘qligiga qaramasdan, orolga asosiy qurol yetkazib beruvchi davlat sifatida qolmoqda.