AQShda sud Meta va YouTubeni foydalanuvchida qaramlikni kuchaytirib, uning ruhiy salomatligiga zarar yetkazgan deb topdi. Bu kabi ishlarda ilk bor yakuniy hukm chiqarildi.
Da’vogar qiz YouTubedan 6 yoshidan, keyin esa Instagramdan foydalana boshlagan.
10 yoshida unga depressiya tashxisi qo‘yilgan, keyinchalik selfxarm, sosiofobiya va tana idroki buzilishi kuzatilgan. U bu holatlarni ijtimoiy tarmoqlar bilan bog‘lagan.
Sud unga 6 million dollar tovon puli tayinladi. To‘lovning katta qismini Meta amalga oshiradi.
Kompaniyalar qarorga qo‘shilmayapti va uni qayta ko‘rib chiqish uchun shikoyat bermoqchi.