Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro J.Y. fuqaro D.T.ning ishonchiga kirib, uni aylanma yo‘llar orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishi evaziga 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa fuqarolar M.R va RM. ikki nafar qo‘shnisi M.R va S.Rning ishonchiga kirib, ularni Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishi evaziga jami 18 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.